Surxondaryo viloyati yuridik texnikumida Jinoyat huquqi fanidan "Jinoyat tarkibi" mavzusida ochiq dars mashg'uloti o'tkazildi.
Darsni texnikumning Jinoyat huquqiy fanlar kafedrasi mudiri Mirrzayev Sherxon olib bordi.
Dars jarayonida o'qituvchi tomonidan innovatsion ta'lim texnologiyalardan foydalanildi. O'quvchilar kichik guruhlarga bo'linib mavzuga oid jumboqli savollarga javob topishdi.
Ochiq dars mashg'uloti qiziqarli va bahs-munozaralarga boy tarzda kechdi.
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi