DIQQAT E'LON
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumiga o'tkaziladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlar 2022 yil 25 avgust kuni soat 7:00 da Termiz shahridagi “Alpomish” o’yingohi va “Surxon” sport majmuasi zahira futbol maydoniga yetib kelishlari shart.
Abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga (ruxsatnomada ko‘rsatilgan) belgilangan vaqtdan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) hamda test sinovida ishtirok etish ruxsatnomasi bilan kelishi so‘raladi.(Ruxsatnoma my.dtm.uz saytidan Adliya vazirligining yuridik texnikumlari ruxsatnoma olish oynasi orqali yuklab olinadi).
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi