Oliy va o'rta-maxsus ta'lim vazirligi tomonidan qishki ta'til 2022 yil 24 yanvar sanasigacha uzaytirildi.
Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi tomonidan o'quvchilarning qishki ta'tilini mazmunli o'tkazish maqsadida texnikum o'quvchilari o'rtasida fanlar bo'yicha telegram messenjeri orqali viktorinalar o'tkaziladi.
Ushbu viktorinalar 2022 yil 10 yanvardan, 24 yanvargacha bo'lib o'tadi.
Hurmatli o'quvchilar mazkur viktorinalarda faol ishtirok eting. Ta'tilni mazmunli va maroqli o'tkazing.
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi