Ustoz misli yonib turgan shamga o‘xshaydi. O‘zi yonib atrofga nur-ziyo taratadi. Ma`lumki, hamma kasblarni ham avvalo ustoz-muallim o`rgatadi. Ustoz – ilm o‘rgatuvchi, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi, tarbiyalovchi murabbiydir. Dastlabki saboqni ham o`qituvchi beradi. Dastlabki ona-Vatan so`zlarining ma`nosini, mohiyatini ham o`qituvchi o`rgatadi. Shuning uchun ham barcha kasblar ichida o`qituvchilik-muallimlik kasbi o`ta sharafli va mas`uliyatli hisoblanadi. Zero, Prezidentimizning - O’zbekistonda bugundan boshlab, eng hurmatli, eng e‘zozli inson - bu muallim! yoki -O’qituvchini hurmat qilmaganni men ham hurmat qilmayman!‖, deb ta‘kidlab aytganlari o‘qituvchilik kasbining nechog‘lik sharafli kasb ekanligidan dalolat beradi. Mana shunday o’qituvchilardan biri Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi “Umumta’lim fanlar” kafedrasi mudiri Qarajayeva Dilorom Namozovnadir.
Qarajayeva Dilorom Namozovna 1973-yil 15-avgustda Surxondaryo viloyati Termiz shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1996-yilda Termiz davlat universitetining “Tarix” fakultetini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 1996 yilda Termiz shahridagi 13-maktabda о‘qituvchi lavozimidan boshlagan. 1997-2000 yillarda Surxondaryo viloyati matbuot savdo texnikumi о‘qituvchisi, 2000-2019 yillarda Surxondaryo viloyati Termiz transport va xizmat kо‘rsatish kasb-hunar kolleji huquqshunoslik fanlari о‘qituvchisi lavozimlarida ishlagan, 2019-2024 yilgacha Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi о‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritgan.2024-yil 1-fevral sanasidan xozirgi vaqtga qadar Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi Umumta’lim fanlar kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
D.Qarajayeva doimo о‘z jamoasiga о‘rnak bо‘lib kelgan hamda kamtarin, xushfe’l va samimiy inson sifatida hamkasblari о‘rtasida hurmat-e’tibor qozongan.
D.Qarajayeva o’quvchilarga “Huquqiy kо‘nikmalar va metodologiya”, “Davlat va huquq nazariyasi” va ”Konstitutsiyaviy huquq” kabi fanlardan dars mashg‘ulotlarini о‘tish bilan bir qatorda, 15 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifidir.
D.Qarajayeva о‘z ustida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib boradi, shuningdek o’quvchilar bilan samarali ishlashda, о‘quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etishda boshqalarga namuna bо‘lib keladi.
D.Qarajayeva doimo mamlakatimizda davlat va jamiyat hayotining turli sohalarida olib borilayotgan islohotlarni qо‘llab-quvvatlab keladi. Xususan, respublikamizda yuridik fan, yuridik ta’lim va yuridik amaliyotni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar, Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi faoliyatini rivojlantirish bо‘yicha yangiliklar, ta’limga innovatsion g‘oyalar, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish va yuksak saviyali о‘qituvchilar jamoasini shakllantirish ishlarida faol qatnashadi.
D.Qarajayeva Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi о‘qituvchisi sifatida mehnat faoliyati davomida talabalarda tahliliy fikrlash, yangi bilimlarni mustaqil ravishda egallash va ulardan foydalanish kо‘nikmasini shakllantirishni о‘z oldiga maqsad qilib olgan va bu yо‘nalishda bir qator о‘quv, о‘quv-uslubiy va tashkiliy ishlarga rahbarlik qilib keladi
D.Namozovna o’zining 30-yillik pedagogik ish faoliyatida, “O`qituvchilik kasbida chuqur bilimdonlik, zukkolik o`z kasb mahoratini muntazam shakllantirib borishga ishtiyoq bo`lmas ekan, u yaxshi ustoz-o`qituvchi bo`la olmaydi” degan aqidaga amal qilgan holda, olgan bilimlarini yosh avlodga ham etkazishda hormay tolmay xizmat qilmoqda.
Surxondaryo viloyati
yuridik texnikumi kadrlar
bo’yicha inspektor G.Tagayeva
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi