• 28 Nov
  • 2024

Ta'lim fidoiysi

 Har bir jamoada o’zining namunali shaxsiy sifatlari bilan ham oilada, ham ish faoliyatida o’rnak bo’la oladigan xodimlari bo’ladi. Surxondaryo viloyati yuridik texnikumining ana shunday malakali kadrlaridan biri allayarova Sayohat O’ralovnadir.
Bugungi kunda Sayohat O’ralovna texnikumning Mutaxassislik fanlar kafedrasi o’qituvchisi, ko’p sonli yetuk yuristlarning jonkuyar ustozi hamdir.
 31 yillik pedagogik faoliyati davomida qahramonimiz ko’plab yutuqlarga erishgan. Xususan, 2004-yilda O’zbekiston Respublikasi “Kab-hunar ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, joriy yil 1-oktabr “o’qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus faxriy yorlig’i bilan ham taqdirlandi.
 Ustoz qachonki, zamon bilan hamnafas bo’lsa tinimsiz o’z ustida ishlasagina bugungi zamon yoshlariga chinakam ta’lim bera oladi. Chunki zamon shiddatli, yangiliklar o’sish sur’ati esa ko’z ilg’ab bo’lmas darajada tez. Bu haqiqatni anglab yetgan Sayohat Allayorova ayni kunlarda o’z sohasi bo’yicha ilmiy izlanishlar ham olib bormoqda. Ilmiy izlanish bilan birga 3 oliy ma’lumotli zabardast o’g’illarning baxti uchun qayg’urayotgan ziyoli bekaning faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaymiz.


                                Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi kadrlar bo'yicha inspektor Gavharoy Tagayeva