Adliya va yoshlar uchrashuvi
Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan yoshlar oyligi doirasida Angor tumanida tashkil qilingan Mono markazda yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Ushbu uchrashuvda Surxondaryo viloyati yuridik texnikum o'quvchi-yoshlari ham ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ko'lami haqida ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, savol-javob tarzida tashkil etilgan viktorinada faol ishtirok etgan yoshlar Adliya boshqarmasi tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Tadbir davomida texnikum o'quvchilari ham faol ishtirok etdi.
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi