О‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021 yil 22 fevraldagi 65-um-son “Adliya organlari va muassasalari tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bо‘yicha 2021 yilga mо‘ljallangan asosiy tadbirlar rejasini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan Surxondaryo viloyati yuridik texnikumida Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshchiligida Termiz shahar favqulotda vaziyatlar bo'limi tomonidan amaliy o'quv mashg'uloti o'tkazildi.
Termiz shahar favqulotda vaziyatlar bo'limi leytenanti S.Ochilov Qutqaruv jamoasi bilan texnikumga tashrif buyurib, yong'in chiqish oqibatlari, is gazidan saqlanish tartibi hamda yong'in qutqaruv anjomlarini o'quvchilarga jonli tushuntirib berishdi.
So'ngra qutqaruv jamoasi o'quvchilar ishtirokida yong'inni o'chirish mashqini ko'rsatib berishdi.
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi