Surxondaryo viloyat yuridik texnikumi 2018-yilda tashkil etilgan.
Unda quyidagi mutaxassisliklar bo'yicha kadrlar tayyorlanadi:davlat huquqiy faoliyat-60 nafar, shundan, kunduzgi 30 va sirtqi 30 nafar; yuridik xizmat- 60 nafar, shundan, kunduzgi 30 va sirtqi 30 nafar; sud-huquqiy faoliyat-60 nafar shundan kunduzgi 30 va sirtqi 30 nafar; -jami; 180 nafar o`quvchi qabul qiladi.
Yuridik tehnikumga umumiy o'rta-ta'lim (11-sinfni) yoki o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasini bitirganlar hujjat topshirishi mumkin.
О‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan yuridik texnikumlarga о‘qishga kirish uchun 1-avgustdan 20-avgustgacha (shu kuni ham) hujjatlar davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Bilim va malakalarni baholash rasmiy veb-sayti (my.uzbmb.uz) orqali onlayn qabul qilinadi.
Xorijiy fuqarolar yuridik texnikumlarga о‘qishga kirish uchun 15-martdan 15-avgustgacha (shu kuni ham) Internet jahon axborot tarmog‘i orqali qabul komissiyasiga yuridik texnikum direktori nomiga ariza hamda tegishli hujjatlarni elektron shaklda taqdim etgan holda rо‘yxatdan о‘tadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 677-sonli qaroriga asosan yuridik texnikumlarda o‘quv yuklamasi hajmi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyni tamomlagan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 56 va undan yuqori foizlik natijalariga ega bitiruvchilar va joriy yilda yuridik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining «yurisprudensiya» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etib, o‘qishga tavsiya etilmagan, biroq yuridik texnikumlardagi tegishli o‘quv yilida test sinovlarida o‘tish balini to‘plagan yoki chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi B2 va undan yuqori darajadagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatlarga ega abiturientlar kirish imtihonlarisiz yuridik texnikumlarga qabul parametrlaridan tashqari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Yuridik texnikumlarga kirish sinovlari, qoida tariqasida, 25—30 avgust kunlari quyidagi shaklda o‘tkaziladi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — test sinovlari;
xorijiy fuqarolar uchun — og‘zaki suhbat;
ko‘zi ojizlar uchun — tanlov asosida.
Test sinovlari- test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni TDYU bakalavriatiga kirish uchun belgilangan talablarga muvofiq bo'lib o'tadi.
Test sinovlarini o‘tkazishning aniq sanalari adliya vazirligi tomonidan Davlat test markazi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Zarur hollarda, adliya vazirligi tomonidan Davlat test markazi bilan kelishilgan holda mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan test sinovlarini o‘tkazish muddatiga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
Yuridik texnikumga qabul qilish uchun kirish sinovlari o‘quvchi ta’lim oladigan tilda topshiradi. Bunda o‘zbek guruhlariga hujjat topshirgan abiturientlar yuridik texnikumga hujjatlarni qabul qilish haqidagi arizada aks ettirilgan o‘z ixtiyoriga ko‘ra tanlovdan o‘zbek tilida lotin yoki kirill alifbosida o‘tish huquqiga ega.
Abiturientlar o'qishga davlat buyurtmasi, to'lov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
To‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari ajratiladi.
Yuridik texnikum 2023-2024-o`quv yili uchun zamonaviy, barcha talablarga javob beradigan yangi ta`mirlangan binoda o`quv jarayonini boshlaydi, shuningdek boshqa viloyat yoki uzoq huqudlardan kelgan talabalar uchun yotoqxona binosi qurilmoqda.
O'qish muddati 2 yilni tashkil etadi.
Yuridik texnikum bitiruvchisi quyidagi talablar asosida “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga o‘qishga qabul qilinadi (VMQ-705, 22.11.2021):
a) o‘quvchi kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiganda:
yuridik texnikum bitiruvchisining har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi reyting natijalari bo‘yicha 71 va undan ortiq foizni tashkil qilishi kerak;
bitiruvchining chet tilini B2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi amaldagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatga ega ekanligi;
yuridik texnikum bitiruvchisining ma’naviy-ma’rifiy va jamoat ishlari, loyihalar va tanlovlarda faol ishtirok etishi, shaxsiy yutuqlar mavjudligi (tegishli tashkilotning birinchi rahbari, birinchi navbatda yuridik texnikum direktori tomonidan tasdiqlangan hujjatlar asosida);
yuridik texnikum bitiruvchisining yuridik texnikumda o‘rnatilgan ichki tartib-qoidalarga, odob-axloq qoidalariga rioya etishi va namunali xulq-atvorga egaligi;
b) o‘quvchi sirtqi yoki masofaviy ta’lim shakllarida o‘qiganda:
yuridik texnikum bitiruvchisining umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichi reyting natijalari bo‘yicha 85 va undan ortiq foizni tashkil qilishi kerak;
bitiruvchining chet tilini B2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi amaldagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatga ega ekanligi;
yuridik texnikum bitiruvchisining yuridik texnikumda o‘rnatilgan ichki tartib-qoidalarga, odob-axloq qoidalariga rioya etishi va namunali xulq-atvorga egaligi.
Mazkur bandda ko‘rsatilgan asosiy minimal talablarga tegishli masalalarni ko‘rib chiqishda bitiruvchining yuridik texnikumdagi butun o‘qish davri hisobga olinadi.
Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, At-Termiziy shoh ko`chasi 13-uy.
Murojaat uchun:(93)638-47-64, (90)747-56-31, (93)639-32-00 , (99)376-64-36
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi