Yoshlarning ta’lim olishida qanday imtiyozlar bor?

  • 25 Aug
  • 2023

Yoshlarning ta’lim olishida qanday imtiyozlar bor?

So‘ngi yillarda mamlakatimizda shijoatli yoshlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, ularga barcha sohalarda o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda.

Ana shunday islohotlar zamirida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.07.2021-yildagi “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6260-son Farmoniga alohida e’tibor qaratish lozim.

Birgina ushbu farmon orqali yoshlarning ta’lim olishlari uchun juda katta imkoniyatlar berilgan.

Jumladan, Davlat organlari, tashkilot va muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarini (bakalavriat, magistratura) tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha ustamalar to‘lab boriladi.

Oylik ustamalar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, ish beruvchi va yosh mutaxassis bilan tuzilgan shartnoma asosida 3 yilgacha bo‘lgan muddatga yosh mutaxassisning lavozim maoshiga qo‘shimcha ravishda har oy to‘lab boriladi.

Yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga to‘lab beriladigan qo‘shimcha ustamalar miqdorlari haqida batafsil ma’lumot yuqoridagi infografikada berilgan.

Ma’lumot uchun:

Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 1000 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati

Yosh mutaxassislarga oylik ustamalar tatbiq etiladigan davlat organlari, tashkilot va muassasalari ro‘yxati

Yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga qo‘shimcha ustamalar tatbiq etiladigan ta’lim yo‘nalishlari va tor mutaxassisliklar ro‘yxati

Yosh mutaxassisning lavozim maoshiga qo‘shimcha ustamalarni to‘lash to‘g‘risida namunaviy shartnoma shakli

 

Izoh: lavozim maoshlariga qo‘shib boriladigan ustamalar bo‘yicha: yosh mutaxassis diplom olgan yilda xalqaro e’tirof etilgan (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World University) reyting beruvchi tashkilotlarning yuqori 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarini 2021-yil va kelgusi yillarda tamomlagan yosh mutaxassisga nisbatan tatbiq etiladi;

Yosh mutaxassis ushbu jadvalda keltirilgan qo‘shimcha miqdorlarning bittasidan o‘ttiz yoshdan oshmagunga qadar foydalanishi mumkin.

 

K.Boltaev,

Surxondaryo viloyat yuridik texnikumi

direktorining o‘quv ishlari

bo‘yicha birinchi o‘rinbosari