Nazariya bilan amaliyot uyg'unligi davom etmoqda.
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi 2-bosqich o'quvchilari Iqtisodiy ishlar bo'yicha Termiz tumanlararo sudiga tashrif buyurisdi.
Tashrif davomida o'quvchilar bilan Iqtisodiy ishlar bo'yicha Termiz tumanlararo sudi sudyasi S.Qodirov tomonidan sudning faoliyati sud protsessi yuritilish tartibi, sud jarayonida sudyaning huquq va majburiyatlari, sud jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, sudya yordamchisining faoliyati haqida batafsil ma'lumot berildi.
Shuningdek o'quvchilar devonxona mudiri A.Qilichev tomonidan sudning barcha faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Ushbu uchrashuv orqali o'quvchilar naziyariyada o'rgangan bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlab olishdi.
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi