"Yosh kitobxon" tanlovi

  • 10 Jan
  • 2023

"Yosh kitobxon" tanlovi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-maydagi “Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3721-sonli qarori qabul qilingan.
 
Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o’quvchi-yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni oshirish hamda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni keng targ’ib qilish maqsadida 2023-yil 25-yanvar kuni  "Yosh kitobxon" tanlovi o‘tkaziladi. Tanlov 3 ta shart asosida o'tkaziladi:
1 shart - test sinovi;
2 shart - tezkor savollar;
3 shart - “Ijodkorni tani va uni tanit” sharti bo'lib, rasmlardan birini tanlab, ijodkor haqida ma'lumot berish. 

Tanlovda ishtirok eting va g'olib bo'ling.