Siyosiy partiyalar saylovoldi tashviqotiga oid odob-axloq qoidalarini imzoladi

  • 24 Sep
  • 2024

Siyosiy partiyalar saylovoldi tashviqotiga oid odob-axloq qoidalarini imzoladi

2024 yil 21 sentabr kuni siyosiy partiyalar tomonidan Markaziy saylov komissiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan saylovoldi tashviqotiga oid odob-axloq qoidalarini partiyalarning rahbarlari tomonidan imzolash marosimi bо‘lib о‘tdi.

Ushbu odob-axloq qoidalari saylovoldi tashviqoti davrida yolg‘on axborot tarqatishning oldini olish, saylovlarning asosiy prinsiplariga rioya etilishini ta’minlash hamda saylovchilarga о‘z tanlovini erkin amalga oshirish imkonini yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.

Odob-axloq qoidalarining muhim qoidalaridan biri ommaviy axborot vositalari va internet orqali saylovoldi tashviqotini olib borishda sun’iy intellektdan foydalanish tartibiga qat’iy amal qilish hisoblanadi.

Odob-axloq qoidalari bilan siyosiy partiyalar vakillari saylovoldi tashviqoti jarayonlarida О‘zbekiston Konstitusiyasi, Saylov kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilish, siyosiy partiya vakillarining shaxsiy hayot daxlsizligi, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obrо‘sini hurmat qilish, shuningdek ijtimoiy axloqqa zid har qanday axborotni tarqatmaslik, saylovchilarga nisbatan tovlamachilik, qо‘rqitish yoki majburlash, о‘zgacha noо‘rin ta’sir choralarini qо‘llamaslik va haq evaziga о‘ziga og‘dirib olmaslik kabi majburiyatlarni о‘z zimmasiga oladilar.

Siyosiy partiyalar rahbarlari о‘rtasida Odob-axloq qoidalarining imzolanganligi mamlakatimizda saylov madaniyatining rivojlanayotganidan dalolat beradi hamda saylovlarni milliy qonunchiligimizga binoan ochiq, oshkora va shaffof о‘tkazishga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun, 2024 yil 27 oktabr kuni О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga saylovlar bо‘lib о‘tadi.

 

 О‘quv metodik bо‘lim boshlig‘i:   Xurramov K.A.