Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'quvchilar o'rtasida “Mening mahallam” shiori ostida videoroliklar tanlovini e'lon qiladi.
Mazkur tanlov g'oliblari texnikum ma'muriyatining esdalik sovg'alari hamda faxriy yorliq bilan taqdirlanadilar.
Bunda o'zi yashayotgan mahalladagi 5 tashabbus ijrosi bo'yicha amalga oshirilgan ishlar to'g'risida, davomiyligi 2 daqiqadan oshmagan videorolik 13-yanvar soat 10:00 ga qadar qabul qilinadi.
Murojaatlar hamda videoroliklar quyidagi havola @kholdoroff_1202 orqali qabul qilinadi.
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi