Huquqiy adabiyot

Huquqiy adabiyot

Jinoyat huquqi (Umumiy qism)
X.R.Ochilov
Ushbu o`quv qo`llanma"Jinoyat huquqi"(Umumiy qism)o`quv kursining dasturi asosida tayyorlangan bo`lib,qo`llanmada jinoyat tushunchasi va uning belgilari,jinoiy javobgarlik va uning asoslari,jinoyat tarkibi va uning elementlari, tamom bo`lmagan jinoyatlar, ishtirokchilik, bir qancha jinoyat sodir etish, qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar, jazo tushunchasi, maqsadi va uning turlari, jazo tayinlashi,javobgarlikdan va jazodan ozod qilish, voyaga yetmaganlar javobgarligi hamda tibbiy yo`sindagi majburlov choralarini qo`llash kabi masalalari o`z ichiga qamrab oladi.

 Jinoyat huquqi

Adliya organlarida davlat tilida ish yuritishni tashkil etish bo‘yicha amaliy qo‘llanma
Nashrga tayyorlovchi: Sh. Soatova. Muharrir: A. Jumamurodov. Sahifalovchi: X. Xoliyorov
Mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqei va nufuzini oshirish, jamiyatning barcha sohalarida faol qo‘llanilishiga erishish, yosh avlodning ona tilimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
So‘nggi bir necha yillarda davlat tili sohasida qator qonun hujjatlari qabul qilindi. Adliya organlari va muassasalari davlat huquqiy siyosatini amalga oshiruvchi sifatida qonunlarga itoatkorlikda barcha tuzilmalarga o‘rnak bo‘lishi talab qilinadi. Shu ma’noda adliya tizimida ish yuritish to‘liq davlat tilida amalga oshirilmoqda.
2020-yil 26-fevralda chiqarilgan Adliya vazirining 1-8/3-221/8-son Ko‘rsatmasida adliya organlari va muassasalarida ish yuritish, ichki hujjat almashinuvi va ishga oid yozishmalar to‘liq davlat tilida amalga oshirilishi talabi belgilangan.
Yuqoridagilarni e’tiborga olib, adliya organlari va muassasalarida davlat tilida ish yuritishda amaliy-uslubiy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida ushbu qo‘llanma tayyorlandi.
Mazkur qo‘llanmada davlat tilida ish yuritishda zarur bo‘ladigan muhim ma’lumotlar, amaliy tavsiyalar va foydali manbalarga havolalar jamlangan.

Adliya organlarida davlat tilida ish yuritishni tashkil etish bo‘yicha amaliy qo‘llanma

Yuristning yozma nutqi
G.Gulyamova Sh.Ziyamuxamedova N.Bozorova O.Choriyev
Yuristning yozma nutqi fani talabalarning savodli yozish, ijodiy fikrlash, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda yozma shakllar da to‘g‘ri, ravon hamda mantiqan izchil ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish uchun xizmat qiladigan, ularni yuksak fazilatlar ruhida tarbiyalash va rivojlantirishni ta’minlaydigan bilimlarni o‘z ichiga qamrab olgan. Mualliflar darslikni tayyorlashda mana shu jihatlarga alohida e’tibor berdilar.

Yuristning yozma nutqi

Yuridik amaliyotda AKT
M.S.Yunusova, E.T.Mannapova.
Ushbu darslik informatikaning tarkibiy qismi bo‘lgan kompyuterning texnik va dasturiy ta’minotini amaliy mashg‘ulotlariga bag‘ishlangan. Unda axborot tushunchalari, axborot o‘lchovlari, operatsion tizimlar va ularning imkoniyatlari, Ofis dasturlarida ishlash, ularning imkoniyatlari, Lokal va global kompyuter tarmoqlari, xuquqshunoslarni ish faoliyatida qo‘llaniladigan huquqiy axborot qidiruv tizimlari, xususan elektron pochta va internetdagi muloqat darslikda o‘z aksini topgan. Darslik yuridik kollejlar uchun mo‘ljallangan.

Yuridik amaliyotda AKT

Jinoyat-protsessual huquqi
Tuxtasheva U.A. Pulatov B. Bazarova D.B...
Mazkur darslik “Jinoyat-protsessual huquqi” fanining umumiy va maxsus qismlari bo‘yicha o‘quv dasturi negizida tayyorlangan va yuridik kollejlar oʻquvchilariga mo‘ljallangan.

Jinoyat-protsessual huquqi

Konstitutsiyaviy huquq
B.T.Musayev, K.R.Aliyeva, B.А.Narimanov
Konstitutsiyaviy huquq bo‘yicha tayyorlangan darslik, yuridik kollejlarning talabalari ta’lim standartlari asosida yaratilgan. Darslikda Konstitutsiyaviy huquq fani predmeti doirasiga kiruvchi mavzular yoritilgan. Darslikning tuzilishi (tizimi) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tuzilishiga mos keladi. Unda Konstitutsiyaga kiritilgan barcha o‘zgartirishlar e’tiborga olingan. Darslik kollejlarning talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan boshqalar ham Konstitutsiyani o‘rganishda foydalanishlari mumkin.

Konstitutsiyaviy huquq

MA’MURIY HUJJATLAR
D. Artikov, B. Qosimov, B. Narimonov
Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti O‘quv-uslubiy kengashi majlisining qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.

MA’MURIY HUJJATLAR