"Yangi avlod darsliklari" taqdimoti bo'lib o'tdi!

  • 13 Sep
  • 2021

"Yangi avlod darsliklari" taqdimoti bo'lib o'tdi!

Surxondaryo  viloyati yuridik texnikumining Axborot resurs markaziga   Adliya vazirligi tomonidan "Yangi avlod" darsliklari yetkazib berildi. Shu munosabat bilan texnikum faollar zalida darsliklarning taqdimoti bo'lib o'tdi. Tadbirda Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi direktori A.H.Aliyev so'zga chiqib, "Yangi avlod" darsliklari  o'quvchilardagi o'qishga bo'lgan shijoatlarini yanada oshishiga, kelajakda o'z sohalari bo'yicha yetuk mutaxassis bo'lib yetishishlarida muhim omil bo'lib xizmat qilishi haqida to'xtalib o'tdi. So'ngra texnikum Axborot resurs markazi direktori G.Shermatova darsliklar taqdimotini o'quvchilarga havola qildi. Tadbirdan mamnun bo'lgan o'quvchilar darhol darsliklarni olib fanlardan tayyorgarlikni boshlashdi.