“Xotira va qadrlash muqaddas burchimiz”

  • 07 May
  • 2022

“Xotira va qadrlash muqaddas burchimiz”

Bugun Surxondaryo viloyati yuridik texnikumida “Xotira va qadrlash muqaddas burchimiz”  mavzusida bayram tadbiri uyushtirildi.           

Xotira o‘zlikni anglashga o‘tmishni doimo yodda tutishga da’vat etib turadigan muqaddas tuyg‘udir, u orqali inson o‘ziga yaxshi xislatlarni qaror toptirib boradi.Muqaddas tushunchalarning barchasi xotira bilan tirik. Xotira nafaqat o‘tmishni unutmaslik, bugungi kunni to‘g‘ri tasavvur etish hamdir. 

Xotira insonni kelajakka ochiq ko‘z bilan qarashga o‘rgatadi. 
Qadrlash esa xonadonimizga fayzu-baraka bag‘ishlab, qilayotgan ezgu ishlarimizga oq fotiha tilab turgan pir-u badavlat qariyalarimizning hurmatini joyiga qo‘yishdir.                              

Texnikumning 1- kurs  o'quvchilari  ana shu tuyg'ular ifoda etilgan videoroliklar,she'rlar va raqslar ijro etib, tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdilar.