Bugun Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi xotin-qizlar maslahat kengashi raisi tomonidan BMTning Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiyasi qabul qilinganligining 45 yilligini nishonlashga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 354-son Qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirishga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda oʻquvchi qizlarga jamiyatdagi xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga chek qoʻyish va ularga koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar tartibi kabi muhim ma'lumotlar berilib, oʻquvchi qizlar oʻzlari qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi