TEXNIKUM O'QUVCHILARI VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASIGA TASHRIF BUYURISHDI
Joriy yilning 5-sentabr kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida texnikum o'quvchi yoshlari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Unda yoshlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek adliya tizimi tarixi, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish hamda boshqarmaning boshqa sho‘balari ish faoliyati haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, o'quvchilarning qiziqtirgan bir qancha savollariga boshqarma xodimlari tomonidan javob berish barobarida hayotda va kasbiy faoliyatda kerak bo‘ladigan muhim tavsiyalar berildi.
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi