YANGI OʻQUV YILIGA BAGʻISHLANGAN TADBIR TASHKIL ETILDI

  • 04 Sep
  • 2024

YANGI OʻQUV YILIGA BAGʻISHLANGAN TADBIR TASHKIL ETILDI

Bugun Surxondaryo viloyati yuridik texnikumida "Bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - vatanmiz!" deb nom olgan g’oyani o’zida mujassam etgan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” PQ-264-sonli qarori hamda “Bilimlar kuni”ga bag’ishlab ma’naviy tadbir tashkil etildi. Tadbirda texnikum direktori B. Gaffarov texnikum jamoasi va o'quvchilarni yangi o'quv yili bilan tabriklab, ularga omad va zafarlar tiladi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati yuridik texnikumining akademik o'zlashtirish ko'rsatkichlari eng yuqori bo'lgan iqtidorli o'quvchilari "2024/2025-o'quv yilidagi O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi stipendiyasi sovrindorlari" sifatida tantanali ravishda taqdirlanishdi.