Darhaqiqat oxirgi o‘n yil ichida barcha sohalar singari sud-huquq sohasida ham juda ko‘p islohotlar amalga oshirilmoqda. Barcha sohalarda jumladan ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy sohalarda rivojlangan xorijiy davlatlar bilan integratsiyalashuv huquq sohasida ham yangicha fikrlashga, yangicha ish yuritishga undamoqda. Shu bois hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida sud-huquq tizimi butun mamlakatdagi inson va fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, ularni amalga oshirish, buzilgan huquq va erkinliklarni tiklashga qaratilgan bo‘lib, jamiyat rivoji bilan bog‘liq holda harakatlanmoqda hamda jamiyat taraqqiyotining huquqiy asosi sifatida maydonga chiqmoqda.
Albatta har bir huquq ustivorligiga asoslangan fuqarolik davlatining sud-huquq sohasidagi faoliyati davlatning geografik jihatdan joylashuvi, tarixi, tili, dini, xalqning ijtimoiy tabiati, mentaliteti, urf-odatlari, shuningdek, milliy qadriyatlarini inobatga olgan holda shakllanib, shu mamlakat fuqarolarining manfaatlarini aks ettiradi.
Mamlakatimizda sud-huquq tizimini isloh qilish, odil sudlovning sifat va samaradorligini oshirish, sudlarning mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Zero, sud idorasiga ishi tushgan har bir inson ushbu dargohda qonun va adolat ustuvor ekaniga ishonishi kerak.
So‘nggi yillarda sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlar ushbu tizim faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga, odamlarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilyapti. Sohaga oid jadallashgan say-harakatlar Prezidentimizning tashabbusi va alohida nazorati doirasida kechayotgani barchamizni quvontirmoqda.
Yurtimizda shiddatli tus olgan islohotlar natijasida xalqimiz hayotida juda ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berayotir. Keyingi yetti yilda sud-huquq sohasida erishilgan marralar haqida so‘z yuritsak, ularni sanab oxiriga yeta olmaymiz. Xalq manfaati yo‘lida olib borilayotgan ishlar odamlarning sud-huquq tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirmoqda.
Zero, inson huquq va erkinliklarini amalga oshirish, qonunlar ustuvorligi g‘oyasini hayotga tatbiq etishni ta’minlovchi asosiy mexanizm bo‘lmish mustaqil sud hokimiyatini shakllantirish va takomillashtirish O‘zbekistonda davlat tomonidan olib borilayotgan huquqiy siyosatning tamal toshi hisoblanadi. О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 136-moddasida sudyalar mustaqil ekanligi, faqat qonunga bо‘ysunishlari, sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yо‘l qо‘yilmasligi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bо‘lishi kabi muhim normalar mustahkamlab qо‘yilgan.
Ta’kidlash joizki, sudyalarning mustaqil va faqat qonunga bо‘ysungan holda ish yuritishlarining konstitusiya darajasida kafolatlanishini asosiy sabablaridan biri - sud hokimiyatiga boshqa hech qaysi organ vakolatiga taalluqli bо‘lmagan huquq - odil sudlovni amalga oshirish huquqi berilganligi bilan izohlanadi. Zero, mamlakatimiz hayotida, fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini tо‘liq ta’minlanishiga erishishda odil sudlovning ahamiyati beqiyosdir. Odil sudlov jamiyat hayotida, jamiyat a’zolarini huquqiy madaniyati va huquqiy ongini yuksaltirishda, insonlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu о‘rinda odil sudlov har qaysi davrlarda ham ulug‘langanligini, qadrlanganligini hamda insonlar unga intilib yashaganliklarini ta’kidlash о‘rinli bо‘ladi.
Mustaqillikka erishganimizdan sо‘ng О‘zbekiston respublikasi Konstitusiyasida nazarda tutilgan sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga bо‘ysunishi prinsipini amalga oshirishga qaratilgan qator qonunlarimiz qabul qilindi. 1994 yilda qabul qilingan Jinoyat kodeksi, Jinoyat protsessual kodeksi, Ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risidagi kodeks hamda 1997 yilda qabul qilingan Fuqarolik protsessual va Xо‘jalik protsessual kodekslarini, “Sudlar tо‘g‘risida”gi qonun, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qator farmon va qarorlari va Hukumat qarorlari shular jumlasidandir.
Shunday bо‘lishiga qaramasdan bugungi kunda mamlakatimiz ham iqtisodiy ham siyosiy masalalar bо‘yicha halqaro maydonda tо‘la huquqli subyekt sifatida jahon bozoriga integratsiyalashuvi jarayonidagi globallashuv sharoitida tobora kuchayib borayotgan raqobatga bardosh berishi uchun davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va rо‘yobga chiqarishni davr taqozo etmoqda. Bu о‘z о‘rnida sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, aholining odil sudlovga bо‘lgan ishonchini oshirishga qaratilgan mutlaqo yangi bosqichni boshlanishini hayotiy zaruratga aylantirdi.
Sudlar mustaqilligi va faqat qonunga bо‘ysunishini ta’minlashda Harakatlar strategiyasida belgilanganidek, sudya lavozimida bо‘lishning ilk marotaba besh yillik, keyin о‘n yillik muddatini va sо‘ng muddatsiz davrining belgilanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki sudya lavozimida bо‘lishning ushbu tartibi sudyadan zimmasiga yuklatilgan vazifani namunali va vijdonan bajarishni talab etishi bilan bir qatorda lavozimiga keyingi muddatga qayta saylanishi yoki tayinlanishi, о‘z vazifalarini namunali ado etgach, keyinchalik о‘n yilga va hatto muddatsiz davrga saylanishi yoki tayinlanishi uchun rag‘batlantiruvchi qoida ham hisoblanadi.
“Harakatlar strategiyasi”dagi sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi muhim tadbirlardan biri – sudyalar hamjamiyatining organi sifatida Sudyalar oliy kengashini tashkil qilish, kengash tarkibining kamida yarmini sudyalar hisobidan shakllantirish va unga sud hokimiyatinng mustaqilligini ta’minlashga doir bir qator vakolatlar berilishi nazarda tutilganidir. “О‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tо‘g‘risida”gi qonunda ushbu tuzilmaning faoliyatiga oid masalalar tо‘liq о‘z ifodasini topdi. Mazkur Kengash konstitusiyaviy maqomga ega bо‘ldi. Konstitusiyaning 135-moddasiga kо‘ra, О‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining organi bо‘lib, u О‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyatining mustaqilligi konstitusiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga kо‘maklashishi о‘z ifodasini topdi.
Xulosa о‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, jamiyatda sud organlarining nufuzini oshirish, sudyalarning chinakam mustaqilligini va faqat qonunlarga asoslanib ish yuritishini ta’minlash mamlakatimiz Konstitu-syaisi va shu asosda qabul qilinayotgan qonunlar muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurishdagi muhim shartlardan biridir.
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi
Xо‘jalik faoliyati va mehnatni muhofaza
qilish bо‘limi boshlig‘i N.Xо‘jabekov
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi