❗️ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2022-yil 27-yanvardagi 12-um-son buyrug‘iga asosan Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qituvchilari o'rtasida “Yilning eng yaxshi o'qituvchisi” tanlovining texnikum bosqichi o'tkazildi.
✅ Tanlov davomida o'qituvchilarning sohaga oid huquqiy bilimlari, notiqlik san'ati sinovdan o'tkazilib, bir yillik faoliyati tahlil qilinib hakamlar hay'ati tomonidan baholandi.
Tanlov natijalari esa quyidagicha:
1️⃣-o'rin Saidmuradov Najmiddin Nabijonovich - "Jinoiy-huquqiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi;
2️⃣-o'rin Choriyev Bahrom To'rayevich - "Jinoiy-huquqiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi;
3️⃣-o'rin Shamanova Zarina Urolovna - "Ommaviy-huquqiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi.
Faxrli o'rinlarni egallagan ustozlar faxriy yorliq va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.
N. Saidmuradov respublika bosqichiga yo'llanma oldi.
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi