O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2019-yil 19-martda o'tkazilgan "Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san'at, sport, axborot texnologiyalari kitob o'qishiga qiziqishini oshirish bo'yicha beshta muhim tashabbusni amalga oshirish to'g'risida"gi 12-sonli majlis bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Surxondaryo viloyatining oliy ta'lim muassasalari va professional ta'lim muassasalari iqtidorli talaba-yoshlari o'rtasida "Janub zukkolari" ko'rik-tanlovini o'tkazish belgilangan.
Ushbu "Janub zukkolari" telebellashuvida jami 8 ta jamoa ishtirok etishi belgilangan. 2021/2022 o`quv yili mavsumida jamoalar o'zaro bir-birlari bilan bellashib ballarni jamg'arib borishadi. Eng yuqori ballarni olgan 4 ta jamoa finalda ishtirtok etadi.
Shu munosabat bilan bugun Termiz shahridagi Yoshlar markazi binosida 4 ta jamoa o'zaro bellashishdi.
Bular quyidagilar:
Termiz Abu Ali Ibn Sino jamoatchilik va salomatlik texnikumining "Avitsena"jamoasi;
Termiz davlat universitetining pedagogika instituti "A`lo plyus" jamoasi;
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumining "Defender" jamoasi;
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining "Janub yulduzlari" jamoasi.
Bugungi telebellashuvda jamoalar uch shart bo'yicha o'zaro bellashishdi. Bellashuvda Surxondaryo viloyati yuridik texnikumining "Defender" jamoasi munosib ishtirok etib 35 ball to'pladi.
Ushbu telebellashuvning keyingi bosqichlarida"Defender" jamoasi munosib ishtirok etishlariga omad tilab qolamiz.
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi