Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha 2021-2022 yillarga mo'ljallangan Davlat dasturining 43-bandida belgilangan yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta'lim berish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar rejasining 3-bandida "Ta'lim muassasalarida "Yoshlar korrupsiyaga qarshi" 10 kunligini tashkil etish" vazifasi belgilangan.
Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati yuridik texnikumida "Yoshlar korrupsiyaga qarshi" mavzusida o'quvchilar o'rtasida insholar tanlovi o'tkazildi.
Tanlovda ishtirok etib g'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilar texnikum ma'muriyati tomonidan taqdirlandilar.
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi