"Yosh kitobxon" tanlovi o'tkazildi

  • 01 Feb
  • 2023

"Yosh kitobxon" tanlovi o'tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-maydagi “Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3721-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Yosh kitobxon” tanlovi bo'lib o'tdi.

Mazkur tanlov 3 ta shart asosida o'tkazilib, quyidagilar o'quvchilar g'olib deb topildi va texnikum ma'muriyatining faxriy yorlig'i va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

1-o'rin 1-22 guruh o'quvchisi Yakubova Muxlisa;
2-o'rin 3-21 guruh o'quvchisi Shodiyeva Shahrizoda;
3-o'rin 2-22 guruh o'quvchisi Mamatqulova Shahnoza;
3-o'rin 1-22 guruh o'quvchisi Saidqulova Zebo.

Tanlovda g'olib bo'lganlarga kelgusi o'qishlarida omad va zafarlar tilaymiz.