Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'quvchilari Termiz transport prokraturasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida transport prokraturasi prokurorining katta yordamchisi X.Xamidov hamda transport prokuraturasi tergovchisi I.Tangirovlar transport prokuraturasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirishdi.
Shundan so'ng ular o'quvchilar bilan Surxondaryo viloyati IIB transportda XT boshqarmasiga borishdi. Surxondaryo viloyati IIB transportda XT boshqarmasi boshlig'i Sh.Norov o'quvchilarga viloyat IIB transportda XT boshqarmasi faoliyati bilan tanishtirib o'tdi.
So'ngra o'quvchilar Termiz transport prokraturasi nazoratidagi obyektlariga kiruvchi Termiz vokzali va Termiz Lokomotiv deposiga borishdi. O'quvchilarga ushbu obyektlarda qanday huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etilishi haqida va ularni oldini olish bo'yicha tushuncha va ko'rsatmalar berildi.
O'quvchilar transport prokraturasi faoliyati doirasida o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi