"JADID TAFAKKURI" stipendiyasi g'olibi aniqlandi.

  • 27 Oct
  • 2022

"JADID TAFAKKURI" stipendiyasi g'olibi aniqlandi.

Surxondaryo viloyati yuridik texnikumida mazkur tanlovning birinchi bosqichi o'tkazildi. Tanlovning Esse yozish sharti bo'yicha texnikumning 14 nafar o'quvchilari o'z bilimlarini sinovdan o'tkazdilar. 

"Jadid tafakkuri" stipendiyasi tanlovining yakuniy natijasiga ko'ra, tanlov komissiya a'zolari tomonidan texnikumning "Davlat-huquqiy faoliyat” yo'nalishi 1-kurs 1-22-guruh talabasi Saidqulova Zebo Faxriddin qizi 188 ball bilan g'olib deb topildi. 
Saidqulova Zeboga tanlovning respublika bosqichida omad tilaymiz!