ENG IQTIDORLILAR ANIQLANDI

  • 17 Dec
  • 2022

ENG IQTIDORLILAR ANIQLANDI

Surxondaryo viloyati yuridik texnikumida "Eng iqtidorli o'quvchi" tanlovining texnikum bosqichi o'tkazildi.

Murosasiz va keskin bahs-munozaralarga boy tarzda o'tgan tanlovning yakunida:

1-o'rin Sud-huquqiy faoliyat yo'nalishi 3/21-guruh o'quvchisi Panjiyeva Dildora;

2- o'rin Sud-huquqiy faoliyat yo'nalishi 3/21-guruh o'quvchisi Shodiyeva Shaxrizoda;

3- o'rin Davlat huquqiy faoliyat 1/21 guruh o'quvchisi Toshmirzayeva Manzuralar g'olib bo'ldi.

Tanlovning yakuniy qismida g'olib va sovrindorlar texnikum ma'muriyatining faxriy yorlig'i, pul mukofotlari va  esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Hududiy bosqichning tashkiliy qoʻmita qaroriga muvofiq tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish uchun Panjiyeva Dildora tavsiya etildi.