• 21 Aug
  • 2024

TABRIK

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi "Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga suhbat asosida o'qishga qabul qilish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 17-sonli qaroriga muvofiq,

Surxondaryo viloyati yuridik texnikumining 2024-yil bitiruvchilari:
Sanginova Gulnoza Saidumar qizi
Muxammadova O'g'ilshod Aliqul qizi
Termiz davlat universitetining "Yurisprudensiya" yo'nalishiga suhbat asosida 2-bosqichdan talabalikka tavsiya etildi.

Bitiruvchilarimizni erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz. O'qish va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yangi ta'lim maskanida, yangi marralar va yangi bilimlar sizni kutmoqda, ilm olishdan charchamang!

Oliy ta'lim muassasalariga topshirgan qolgan bitiruvchilarimizga ham omad tilaymiz.