Ochiq dars mashg'uloti o'tkazildi.

  • 20 Dec
  • 2022

Ochiq dars mashg'uloti o'tkazildi.

✅ Bugun Surxondaryo viloyati yuridik texnikumida interaktiv usullar asosida ochiq dars mashg'uloti bo'lib o'tdi.

Mazkur dars mashg'uloti texnikumning 2-bosqich Sud huquqiy faoliyati 3-21 guruh o'quvchilariga "Yuristlar uchun ingliz tili" fanidan "The legal profession" mavzusida o'tkazildi.

✅ Ochiq dars "Umumtalim fanlar" kafedrasi o'qituvchisi Z.Bozorova tomonidan olib borildi.

✅ O'qituvchi dars jarayonida  turli xil innovatsion ta'lim texnologiyalardan, interaktiv usullardan "aqliy hujum", blits-so'rov, "mo'jizalar maydoni" kabi qiziqarli metodlardan  foydalandi. O'quvchilar dars jarayonida faol ishtirok etishdi. Dars qiziqarli va mazmunli bo'ldi.