Prokuraturada "Ochiq eshiklar kuni".

  • 02 Dec
  • 2021

Prokuraturada "Ochiq eshiklar kuni".

Surxondaryo viloyat prokuraturasida "Ochiq eshiklar kuni"  bo'lib o'tdi. Tadbirda  Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'quvchilari hamda Termiz davlat universiteti "Yuridik" fakulteti talabalari ishtirok etishdi.

O'quvchi va talabalar viloyat prokuraturasi tomonidan tashkillashtirilgan Termiz madaniy-tarixiy muzeyiga ekskursiya qilishdi.

So'ngra viloyat prokuraturasi xodimlari B.Toshpo'latov hamda I.Usmonovlar tomonidan prokuratura bo'limlari tanishtirildi.

Tadbir davomida o'quvchi va talabalar bilan viloyat prokurori o'rinbosari X.Kulliyev ochiq muloqot tarzda suhbat uyushtirdi. O'quvchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.

Suhbat davomida faol ishtirok etgan o'quvchi-talabalarga viloyat prokuraturasi tomonidan kitoblar sovg'a qilindi.