Yoshlar ongida huquqiy madaniyatni shakllantirish

  • 12 Feb
  • 2024

Yoshlar ongida huquqiy madaniyatni shakllantirish

Yoshlar ongida huquqiy madaniyatni shakllantirish.

Bugungi globallashuv jarayonida yoshlar ongida huquqiy madaniyatni shakllantirish uchun ularga adolat va barqarorlik prinsiplarini oʻrgatish , demokratik qarorlarga oʻz nuqtai nazari bilan yondashishi, ijtimoiy masalalarda faol ishtirok etishni ta'minlash zarur. Bu esa ularning huquqlarini tushuntira olishi, ijtimoiy adolat uchun kurashish va jamiyatning rivojlanishi uchun mustahkam asos boʻlib xizmat qiladi.

 Yoshlarda huquqiy madaniyatni shakllantirish uchun ta'lim tizimi juda muhim hisoblanadi. Huquqiy madaniyat adolat, insof va boshqa qadriyatlar ta'lim jarayonida integratsiya qilinishi kerak. Shu bilan bir qatorda ma'naviy tarbiya ham yoshlar ongida adabiyot, san'at va madaniyat boʻyicha koʻnikmalarni shakllantirish muhim omillardan hisoblanadi.

 Oʻz mamlakatlarining Konstitutsiyasi va unung talqin etilgan huquqlari haqida tushunchaga ega boʻlishlari , jamoat faoliyatida ishtirok etishlari, sheriklik qilish faoliyatlarini oʻrgangan holda koʻnikmalar hosil qilishlari muhim.

Huquqiy madaniyat tushunchalari oʻzaro hurmat va muhofoza , adolatga erishishishga oid qonunlarga rioya qilishni oʻrganishlari kerak.

Bu jarayonlarning barcha birgalikda huquqiy madaniyatni oʻrgangan, oʻzlarining va oʻzaro munosabatlari , jamoat bilan boshqa kishi yoki tashkilotlarga oʻzaro munosabatlari asosida qadriyatli fuqarolarga aylanish uchun kerakli asoslar boʻladi.

 Yoshlar ongida huquqiy madaniyatni shakllantirish uchun qoʻllaniladigan turli usullar bor. Bu oʻquvchilarga huquqiy bilim va ma'rifatni oʻrgatish, adolat va demokratiya prinsiplarini oʻrgatish, shaxsiy, ijtimoiy va professional rivojlanishlarini ta'minlashga asoslangan.

Shuningdek, yoshlar uchun oʻz huquqiy maslahatlari boʻyicha oʻz fikrlarini ifoda qilishga imkoniyat berish hamda ularning jamiyatdagi oʻrinlarini oʻzgartirishga yordam berish muhimdir.

Bu jarayon madaniyatni oʻzlashtirish , inson huquqlarini qoʻllab quvvatlash va jamiyatning mustaqillik va barqarorligini ta'minlashga xizmat qiladi.

Surxondaryo viloyat yuridik texnikumi oʻquv - metodik boʻlim boshligʻi Xurramov . K.A.

Qashqadaryo viloyat Mirishkor tuman 2 son kasb-hunar maktabi Boʻlim boshligʻi Fidoyev. M. D