Fasllar kelinchagi bo'lmish bahor o'zining husnkor tabiati, milliy bayramlari bilan ajralib turadi.
21-mart Navro'z bayrami munosabati bilan Surxondaryo viloyati yuridik texnikumida " Bahor malikalari" tanlovi tashkil etildi.
Tanlov ishtirokchilari 4 ta shart asosida bilim va iqtidorlarini sinovdan o'tkazdi. Tanlov davomida ishtirokchilar hakamlar hay'ati tomonidan tuzilgan yuridik sohaga oid savollarga javob berishdi, erkin mavzu kabi shartlar asosida o'z iqtidorlarini namoyish etdi.
Tanlov yakuniga ko'ra
"Eng mahoratli qiz" nominatsiyasi sohibasi 2-bosqich o'quvchisi Norboyeva Nilufar;
"Eng zukko qiz" nominatsiyasi sohibasi 2-bosqich o'quvchisi Xoliqova Halima;
"Eng bilimdon qiz" nominatsiyasi sohibasi 1-bosqich o'quvchisi Sattorova Muhlisa;
"Eng iqtidorli qiz" nominatsiyasi sohibasi 1-bosqich o'quvchisi Abdujabborova Madina deb topildi.
Barcha ishtirokchilar texnikum ma'muriyati tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi