Navoiyxonlik tadbiri bo'lib o'tdi

  • 09 Feb
  • 2023

Navoiyxonlik tadbiri bo'lib o'tdi

Bugun, Surxondaryo viloyati yuridik texnikumida 9 fevral - Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy ijodi-milliy ma’naviy xazinamiz” mavzusida adabiy-badiiy kecha bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan Navoiy hayoti va ijodiga oid maʼlumotlar, gʻazal va ruboiylar, Navoiy va Guli monologidan olingan parchadan sahna koʻrinishi hamda Navoiy gʻazalidan qoʻshiqlar kuylandi. 

Tadbir yakunida  ishtirokchilar faol ishtiroki uchun faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.