"Namunaviy sud protsessi tanlovi"dan videolahvalar.

  • 28 Oct
  • 2022

"Namunaviy sud protsessi tanlovi"dan videolahvalar.

Surxondaryo viloyati yuridik texnikumida "Jinoyat va fuqarolik ishlari bo'yicha o'quvchilar o'rtasida namunaviy sud protsessi" tanlovining hududiy bosqichi bo'lib o'tdi.

Jarayonda o‘quvchilar o‘zlarining sudda nutq so‘zlash, jamoada ishlash, tezkor fikrlash, tahlil qilish hamda optimal qarorlarni qabul qilish qobiliyatini namoyon etdilar.

Qizg‘in kechgan tanlov jarayonlarining natijalari hakamlar hay’ati tomonidan xolisona baholandi.

Natijalarga ko'ra:

Jinoyat ishlari bo'yicha:
SVYUT-j/02 va SVYUT-j/01 jamoalari g'olib deb topildi.

Fuqarolik ishlari bo'yicha:
SVYUT-f/01 va SVYUT-f/03 jamoalari go'lib.

Hududiy bosqichda g'olib bo'lgan to'rt jamoa mintaqaviy bosqichda ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.