• 23 Dec
  • 2022

OCHIQ DARS !!!

✏️ Bugun Surxondaryo viloyati yuridik texnikumida interaktiv usullar asosida ochiq dars mashg'uloti bo'lib o'tdi.

Mazkur dars mashg'uloti texnikumning 2-bosqich "Sud huquqiy faoliyati" 3-21 guruh o'quvchilariga "Ma'muriy huquq"  fanidan "Davlat boshqaruvida qonuniylikni ta'minlash" mavzusida o'tkazildi.

✅ Ochiq dars "Xususiy huquqiy fanlar" kafedrasi mudirasi S.Allayorova tomonidan olib borildi.

O'qituvchi dars jarayonida turli xil innovatsion ta'lim texnologiyalardan, interaktiv usullardan "Alifbo", blits-so'rov, "BBB" kabi qiziqarli metodlardan  foydalandi. O'quvchilar dars jarayonida faol ishtirok etishdi. Dars qiziqarli va mazmunli bo'ldi.