Farzand tarbiyasida ota-onaning oʻrni.
Ayni axborot almashinuvining jadal davrida farzand tarbiyasida ota-onaning oʻrni juda muhim omillardan biri hisoblanadi. Ota-onalarning farzandlarga nisbatan adolatli, ehtiromli va mehribonlik bilan murojaat qilishi , ularni haqiqiy hayotni anglashlarida tasavvur uygʻotadi. Bu kabi harakatlar farzandlarning oʻzlarini hurmat qilishlarida, kelajaklarini taʼminlashda, ilm olishni sevishlarini, jamiyatda masʼuliyat bilan harakat qilishlarini ragʻbatlantiradi. Ota-ona farzand hayotida muhim shaxslar boʻlib xizmat qilishi, oʻz hayotlarida ota-onaning fazilatlariga taqlid qilishlari sir emas .
Ota-onalar farzandlari tarbiyasidagi asosiy masʼuliyatni oʻzlariga olgan holda ustozlar bilan hamkor boʻlib ishlashlari nafaqat oʻquv jarayonida balki hayotning boshqa sohalarida oʻquvchilarning muvaffaqiyatiga qoʻshimcha eʼtibor boʻlib xizmat qiladi.
Ota-ona farzandlar hayotining asosiy muallif va murojaat markazlari hisoblanadi. Farzand oiladan topolmagan mehr-muhabbatni koʻchadan axtarishga majbur boʻlishadi. Bunday holatga yoʻl qoʻymaslik uchun ota-ona farzandlarning ijobiy fikrlarini inobatga olishlari, qobiliyatlarini rivojlantirishda xayrixox boʻlishlari hayotiy zaruratga aylanib bormoqda.
Mukammal farzand tarbiyasi adolat , hurmat, sabr, hamjihatlik va boshqalar bilan muomala munosabat qilishni oʻz ichiga oladi.
Bu esa kelajakda ularning hayotdagi muvaffaqiyatlarini ta'minlash uchun zaruriy koʻnikmalar hisoblanadi.
Bu kabi koʻnikmalar esa farzandlar oilaning mas'uliyatini qadrlashlarida, boshlangʻich qadriyatlarni oʻrganishlarida, oʻz fikrlarini erkin bayon eta olishlarida, dunyoqarashlarini kengaytirishlarida, muammolariga yechim topa olishlarida yordam beradi.
Shu boisdan ham oilada , farzand tarbiyasida yaxshi munosabatlar, maslahatlar va oʻzaro hurmat asosida olib borilishi ketak.
Bu kelajakda har bir farzandning oʻzini oʻziga isbotlashi, jamoa a'zolari bilan muloqotda boʻlishi va oʻz mas'uliyatlarini oshirishlari uchun zarurdir.
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi oʻquv - metodik boʻlim boshligʻi Xurramov K. A.
Qashqadaryo viloyat Mirishkor tumani 2-son kasb-hunar maktabi boʻlim boshligʻi Fidoyev M. D.
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi