2022-yil 13-may kuni Surxondaryo viloyati kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan Surxondaryo viloyatidagi Professional ta'lim muassasalari o'rtasida “Eng yaxshi taqdimot tayyorlovchi o'quvchi" ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi o'tkazildi.
Tanlovning final bosqichida Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi Sud-huquqiy faoliyat yo'nalishi 1-bosqich 3-21 guruh o'quvchisi Shodiyeva Shahrizoda Gulmirzo qizi ishtirok etib faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
G’oliblar boshqarmaning faxriy yorliq va sovg'alari bilan taqdirlandi.
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi