2021-2022-o‘quv yili uchun Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari 2021-yil 27-avgust kuni bo‘lib o‘tadi

  • 25 Aug
  • 2021

2021-2022-o‘quv yili uchun Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari 2021-yil 27-avgust kuni bo‘lib o‘tadi

Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari

2021-2022-o‘quv yili uchun Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari 2021-yil 27-avgust kuni bo‘lib o‘tadi va 2 smenada o‘tkaziladi.

Bunda test sinovlari:

1️-smenada 07:00 dan 09:00 ga qadar;
2-smenada 18:00 dan 20:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari tarix va chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fanlaridan o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 40 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 2 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 126 ball bo‘lib, tarix fani bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,2 balldan (jami 64 ball), chet tili fani bo‘yicha esa 3,1 balldan (jami 62 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani 26-avgust kuni 09:00 dan boshlab Davlat test markazining texnikum.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin kelishlari so‘raladi.