Surxondaryo viloyati yuridik texnikumida 2023/2024 о‘quv yiliga qabul boshlanadi

  • 01 Jul
  • 2023

Surxondaryo viloyati yuridik texnikumida 2023/2024 о‘quv yiliga qabul boshlanadi

Surxondaryo viloyati yuridik texnikumida quyidagi mutaxassisliklar bо‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

  • davlat huquqiy faoliyat
  • yuridik xizmat
  • sud-huquqiy faoliyat

Texnikumga umumiy о‘rta ta’lim (11-sinfni) yoki о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini bitirganlar hujjat topshirishi mumkin.

О‘qishga kirish uchun abituriyentlar hujjatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti (uzbmb.uz) orqali onlayn qabul qilinadi.

Hujjatlar qabul qilish joriy yilning 1 avgustidan 20 avgustgacha (shu kuni ham) bо‘lib о‘tadi.

Yuridik texnikumga О‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan о‘tkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshiriladi.

Test sinovlari test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni TDYUU bakalavriatiga kirish uchun belgilangan talablarga muvofiq bо‘lib о‘tadi.

Xorijiy fuqarolar yuridik texnikumlar tomonidan tashkil etiladigan suhbat natijasida qabul qilinadi.

Abituriyentlar о‘qishga davlat buyurtmasi, tо‘lov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan tо‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

О‘qish muddati 2 yilni tashkil etadi.