Mehnat muhofazasi haftaligi

  • 13 May
  • 2022

Mehnat muhofazasi haftaligi

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 17-martdagi "Hududiy adliya organlari va muassasalarida 2022-yil uchun mo'ljallangan "Mehnatni muhofaza qilish"ga doir chora-tadbirlar" rejasining 4-bandiga muvofiq,  o'sib kelayotgan yosh avlodga munosib va xavfsiz mehnatni tashkil etish tushunchalarini shakllantirish maqsadida texnikumda "Mehnat muhofazasi haftaligi"ni o'tkazish belgilangan.

Shunga ko'ra, bugun Surxondaryo viloyati yuridik texnikumida o'qituvchilar, ishchi-xodimlar va o'quvchilar uchun "Mehnat muhofazasi" mavzusiga bag'ishlangan seminar tashkil etildi. 

Seminarni Surxondaryo viloyati Mehnat boshqarmasi davlat mehnat inspeksiyasi mehnatni muhofaza qilish bo'yicha inspektorlari O.Yo'ldoshev va Sh.Eshmo'minovlar o'tkazdi.

Seminar qizg'in bahs-munozaralarga boy tarzda bo'lib o'tdi. O'quvchilar o'zlarining bergan savollariga mutaxassislar tomonidan  javob olishdi va  mehnat muhofazasiga oid yangi bilimlarga ega bo'lishdi.