"8-Mart -Xalqaro xotin-qizlar kuni"munosabati bilan Surxondaryo yuridik texnikumida “Miss Yurist-2025” ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi.Ishtirokchi qizlar 4 ta shart doirasida — tanishtiruv, savol-javob, qiziqarli topshiriq, badiiy chiqish shartlari asosida bellashishdi.
O'quvchilar tomonidan ijro etilgan qo'shiq, she’r, raqslar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Bilimga chanqoq, tirishqoq, zukko, pazanda qizlarimiz yana bir-bor o'z iqtidorlarini sinovdan o'tkazdilar.
Yakuniy natijalarga ko'ra, 1-bosqich 3-24 guruh o'quvchisi O'roqova Shabnam Usmonali qizi “Miss Yurist – 2025” sohibasi bo'ldi. Tanlovning barcha ishtirokchi qizlari esdalik sovg'alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi