⚡️ Adliya vazirligi yuridik texnikumlari va Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyi oʻqituvchilari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” nominatsiyasi boʻyicha tanlovi bo‘lib o‘tadi.
Tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad:
● Mazkur taʼlim muassasalarning oʻqituvchilari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish;
● fan boʻyicha qiziqarli va interfaol metodlarni keng jalb etish;
● oʻzaro tajriba almashish va ijobiy ish tajribasini ommalashtirish;
● oʻqituvchilar oʻrtasida shaxsiy imidjni yaratish;
● oʻquvchilarni fanlarni oʻqishga va oʻrganishga motivatsiya berishda oʻqituvchilar masʼuliyatini yanada oshirish;
● malakali oʻqituvchilar zaxirasini yaratish maqsadida o‘tkaziladi.
Tanlov dastlabki (ta’lim muassasalari) va yakuniy (respublika) bosqichlarda tashkil etilib oʻtkaziladi.
✅Tanlov gʻoliblari Adliya vazirligi tomonidan maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi