• 26 Feb
  • 2023

Ochiq dars

Surxondaryo  viloyati yuridik texnikumi 1-bosqich  Sud-huquqiy faoliyat yo'nalishi  3-22-guruh  o'quvchilariga  "Davlat va huquq nazariyasi" fanidan ochiq dars tashkil etildi.

 "Huquqiy munosabatlar" mavzusida tashkil etilgan ochiq dars davomida o'quvchilarga interaktiv dars usullaridan foydalanilgan holda mavzu tushuntirilib, pedagogik metodlar orqali olgan bilimlari sinovdan o'tkazildi. O'quvchilar ikki guruhga ya'ni "Adliya" va "Adolat" guruhiga   bo'lingan holda,  tarqatma materiallar asosida  baholab olindi. Dars yakunida "Adliya" guruhi bilim bahslarida ustunlikka erishdilar. 

 Bu kabi  ochiq dars mashg'ulotlari orqali o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishlarini oshirish hamda bilimlarini yanada mustahkamlash maqsad qilingan.