TEXNIKUM O'QUVCHI-YOSHLARINING MUZEYLARGA TASHRIFI DAVOM ETTIRILDI

  • 20 Sep
  • 2024

TEXNIKUM O'QUVCHI-YOSHLARINING MUZEYLARGA TASHRIFI DAVOM ETTIRILDI

Bugun Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'quvchilari ichki turizm salohiyatini targ'ib qilishni maqsad qilgan "O'zbekiston bo'ylab sayohat qil!" dasturi doirasida Termiz shahridagi "Vatanparvarlar" bog'iga tashrif buyurishdi.

Ushbu tashrif o'quvchi yoshlar uchun tinchlik yo'lida kurashgan, fashizm ustidan g'alaba qozonishda ulkan jasorat va matonat ko‘rsatgan O'zbekiston xalqining mard qiz-o'g'lonlarining xotirasini ardoqlash hamda "Muqaddas Vatan" tushunchasini toboro yaxshiroq anglab yetishlariga za'min yaratdi. 

Shuningdek, tashrif davomida o'quvchilar qiziqtirgan savollarga ma'sul xodimlar tomonidan atroflicha ma'lumotlar berildi.