O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 maydagi “Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3721-sonli qarori qabul qilingan.
Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o’quvchi-yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni oshirish hamda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni keng targ’ib qilish maqsadida “Bu yilda o‘qish zarur bo‘lgan 50 ta kitob” loyihasi o‘tkazildi. Ushbu loyihada texnikum o’quvchilari faol ishtirok etishdi.
Tanlov tarzda o‘tkazilgan loyihada o‘quvchilar quyidagi 3 shart bo‘yicha o‘zaro bellashishdi.
1️-shart - test sinovi
2️-shart- huquqiy bilimlarini sinash maqsadida tezkor savollar
3️-shart -“Ijodkorni tani va uni tanit” sharti bo'lib, teskari qo'yilgan rasmlardan birini tanlab, ijodkor haqida ma'lumot berish.
Tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar quyidagilar:
3-21 guruh o'quvchisi 1-o`rin Xolboyev Shohruh ;
3-21 guruh o'quvchisi 2- o'rin Normatov Firdavs;
3-21 o'quvchisi 3-o'rin Samadova Shahrizoda.
G‘olib o‘quvchilarga texnikum ma’muriyati tomonidan kitoblar ulashildi.
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi