Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi abituriyentlar Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish imtihonlarisiz, qabul parametrlaridan tashqari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi;
☑️ Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyni tamomlagan, o'zlashtirish baholari "5 (a'lo)" va "4 (yaxshi)", biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi “5 (a’lo)” bo‘lgan bitiruvchilar;
☑️ Respublika OTMlarida "yurisprudensiya" ta'lim yo'nalishi bo'yicha test sinovlarida ishtirok etib, unda yuridik texnikumlarga tanlov natijalari yuzasidan to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish balini to‘plagan, o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar.
Yuqoridagi toifalarga kiruvchi va texnikumda o'qish istagini bildirgan abituriyentlar 30-sentyabrga qadar (shu kuni ham) texnikumga kelib, o'qish uchun ariza berishlari mumkin.
☎️ Murojaat uchun telefonlar:
+998936384764
+998907475631
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi