Men eng yosh saylovchiman!

  • 20 Oct
  • 2021

Men eng yosh saylovchiman!

Davlat xizmatlari agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi hamda Surxondaryo viloyat yuridik texnikumi jamoasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda asosan, ilk bor saylovda ishtirok etish imkoniyatiga ega yoshlar taklif etildi.

Ma’lumot o‘rnida keltiradigan bo‘lsak viloyatda 860 ta saylov uchastkasi mavjud bo‘lib, shundan 10 tasi aynan Davlat xizmatlari markazlarida tashkil etilgan.

Tadbir ishtirokchilari Termiz shahri Davlat xizmatlari markazi binosida tashkil etilgan 250-saylov uchastkasida  bo‘lib u yerda saylovshilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Oʻzbekistonda saylash huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasi 2-bandiga binoan, 18 yoshga yetgan barcha Oʻzbekiston fuqarolari egadirlar.  

Shuningdek, qonunga muvofiq  respublika Prezidentligiga saylanish uchun  35 yoshga yetgan saylovgacha kamida 10 yil Oʻzbekiston hududida muqim yashagan boʻlishi va davlat tilini yaxshi bilishi,  jinoyat qonunchiligi boʻyicha oldin ogʻir jinoyat sodir etib sudlanmagan boʻlishi kerak.

Saylov huquqi siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarini shakllantirishda ham amal qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va erkinliklari tizimiga kiradi. Bu Oʻzbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlangan.
 
Xuddi shu yo‘sindagi saylov jarayoniga oid ma’lumotlar bilan tadbir ishtirokchilari o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashdi.