Bilimdonlar bellashdi!!!

  • 12 Nov
  • 2021

Bilimdonlar bellashdi!!!

Surxondaryo viloyati yuridik texnikumida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Idrok" intellektual o'yinining texnikum  bosqichi bo'lib o'tdi.

Intellektual o'yinda  2-bosqich o'quvchilaridan iborat 5 ta jamoa ishtirok etdi. O'yin  qizg'in bahs-munozaralarga boy bo'ldi. 

Tanlov yakunida 2-bosqich 3/20 guruhining "Renessans" jamoasi mutloq g'oliblikni qo'lga kiritib, final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

O'tkazilgan intellektual o'yin o'quvchilarda katta taasurot uyg'otdi.