INSON QISMATIDA MILLAT CHIZGISI
(yoxud bir asar sharhi)
XX-asrning 80-yillarida о‘zbek xalqining boshiga yopirilgan "Paxta ishi" "О‘zbek ishi" kabi balolar aks ettirilgan asarlar bisyor esada esda qolarli ikki asar hanuz kitobxonlar keng auditoriyasini jalb qilib kelmoqda. О‘. Hoshimovning "Ikki karra ikki besh" hamda T. Malikning "Murdalar gapirmaydilar" asarlari shular sirasidan. О‘. Hoshimov asari ekssentrik stilda yozilgan esada, Tohir Malikning "Murdalar gapirmaydilar" asari fonida bir millatning boshiga tushgan fojea bilan birgalikda teran falsafa ham singdirilgan. Asar boshlang‘ich qismida ikki qahramonning qamoqxona lageridagi suhbati keltiriladi. Biri о‘zbek millatiga mansub sobiq kolxoz raisi Tursunali ikkinchisi qofqozlik о‘g‘riboshi Tengiz. Aynan ana shu suhbat tagzamirida adib xalqimiz boshiga nima uchun bu kabi fojea tushganiga jiddiy ishora berib о‘tadi. Asar negizini esa tо‘laligicha an’anaviy falsafa qamrab olgan ya’ni yaxshilik va yovuzlik о‘rtasidagi kurash. Shu bilan birgalikda paradokslardan ham xoli emas. Masalan Tengiz obrazini oladigan bо‘lsak, Tengiz kishilik jamiyatida tо‘liq qoralangan shaxs. Bir sо‘z bilan aytganda jinoyat olamining xos kishisi. Ammo inson sifatida olib qaralsa unda ijobiy xislatlar ham bisyor. Masalan asar sо‘ngida u tо‘plagan boyligini О‘zbekistonga olib kelib topshirish asnosida shunday deydi "xalqingizdan qarzim bor... " Mana halollik. Birgina о‘g‘ri bir millat timsolida ikkinchi bir millatdan uzr sо‘rayapti.
Shuningdek asarda bir talay bir biriga qarama qarshi bir biriga zid obrazlar о‘rin olgan. Masalan militsiya kapitani Omonullani olsak ashaddiy о‘g‘ri qо‘lida tarbiyalangan huquq posboni. Asar xotimasida ochilmayotgan jinoyatni ham Omonulla aynan tutingan otasi sobiq о‘g‘rining maslahati bilan ochishga muvaffaq bо‘ladi. Ikkinchi qutb о‘laroq tasvirlangan sobiq kolxoz raisi Tursunali obrazini oladigan bо‘lsak. Tuursunali jamiyatning faol kishisi, rais. Har jihatdan о‘zida mukammal xulq atvorni mujassam etgan yetuk shaxs etaloni vazifasini bajarishi kerak. Ammo Tursunali kolxoz "ota" si esada maishiy buzuqlikdan tap tortmaydi. Poraga mukkasidan ketgan shaxs. Adib ijobiy va salbiy qahramonlarni xos orbita orqali tutashtirib bitta g‘oyani asarga singdirgan, ya’ni yovuzlik ichra ezgulik ham bо‘lishi mumkin, ezgulik niqobi ostida yovuzlik ham bо‘lishi mumkin. Asar vatandoshlarimiz hayotida ikki mudhish davrni о‘ziga qamrab olgan. Biri "О‘zbeklar ishi" bо‘lsa keyingisi 90-yillar boshida ayrim viloyatlarda bо‘lib о‘tgan etnik nizolar. 80-yillarda boshlangan "О‘zbek ishi" kampaniyasi 90-yillarga kelib О‘rta Osiyoda xususan О‘zbekistondagi qonli voqealarda о‘z in’ikosini topdi. Asar nomi esa turg‘unlik yillaridagi millatning holidan kelib chiqib ma’joziy ma’noda ham nomlangan bо‘lishi mumkin. Muxtasar qilib aytadigan bо‘lsak bir oila va bir necha insonlar taqdiri о‘sha davr talotumlariga bog‘lanib ajoyib polotno hosil qilgan.
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi yoshlar bilan ishlash bo’limi uslubchisi F.Sh. Artiqov
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi