Viloyat sudiga tashrif!!!

  • 02 Dec
  • 2021

Viloyat sudiga tashrif!!!

Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'quvchilari Surxondaryo viloyat sudiga tashrif buyurishdi. O'quvchilarga sudlarning faoliyati sud protssesi haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

Surxondaryo viloyat sudining iqtisodiy sudlov hay'ati sudyasi T.Alimardonov tomonidan o'quvchilarga iqtisodiy protsessga oid ma'lumotlar, iqtisodiy protsess ishtirokchilari, iqtisodiy ishlarning mazmuni ularning ahamiyati haqida batafsil ma'lumot berildi.

O'quvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berildi. O'quvchilar o'zlarining nazariy bilimlarini amaliy ko'nikmalar orqali mustahkamlab olishdi.